Türük

Dil, Edebiyat ve Halkbilimi Araştırmaları Dergisi

2013 Yıl:1, Sayı:2

Sayfa:322-329                                                                                                                                                                                                                                          

ISSN: 2147-8872 

статьи «Основы сравнительно-типологического  изучения узбекско-киргизских литературных связей в Самаркандском государственном университете»

Kamol Mustaev*

S. A. Ishnıyazova**

РЕЗЮМЕ

В статье исследуются узбекско-киргизские литературные связи, обусловленные исторической общностью генезиса тюркских народностей и культурных традиций. Не только территориальная, но и сюжетная, образная, тематическая  близость литературных явлений, привлекает  исследователей. Начиная с народных эпосов «Манас» и «Алпамыш» киргизско- узбекские литературные связи наблюдают схожесть тех проблем, которые объединяют эти две нации. Использование в художественной литературе жанров устного народного творчества: сказок, притч, легенд, загадок – и их роль в композиционной структуре произведения стало объектом данной статьи. История возникновения культурных, общественных, исторических, социальных связей отражается в развитии литературных связей. Сплетение жанров устного народного творчества с художественной литературой, их функциональная роль в композиционной структуре произведения и является объектом исследования. Схожесть узбекско-киргизских литературных традиций и явлений являются основой сравнительно-тиологическоо изучения узбекско-киргизских литературных связей.

Ключевые слова: тюркских народов, узбекско-кыргызской литературы, Манас, традиции

  Semerkant Devlet Üniversitesinde Özbek-Kırgız edebiyat bağlantılarınin karşılaştırmalı tipolojik çalışma temelleri

ÖZET

Bu makalede, Türk halkları ve kültürlerin doğuşu ortak geçmişi nedeniyle Özbek-Kırgız edebi bağlantıları incelenir. Edebi olayların figüratif, tematik yakınlığı, araştırmacılar terefinden çekilıyor. Halk destanları "Manas" ve "Alpamysh"dan bügüne kadar Kırgız-Özbek edebi konularda benzerlik görülmektedir. Edebiyette folklor türlerin kullanımı (masallar, hikayeler, efsaneler, gizemler) – ve kurumda işin kompozisyon yapısında rolleri bu makalenin konusu olmuştur. Kültürel, sosyal, tarihsel  bağlantılar edebi bağlantılarının geliştirilmesinde yansıtılır. Edebiyetin folklör türleriyle pleksusıve onların kompozisyon kurumdaki işlevsel roli çalışmanın konusudur. Özbek-Kırgız edebi gelenek ve olayların benzerliği Özbek-Kırgız edebi bağlantıların karşılaştırma çalışmasının temelini oluşturur.

Anahtar Kelimeler: Türk Halkları, Özbek-Kırgız Edebiyatı, Manas, Gelenek

Principles of comparative typological study of the Uzbek-Kyrgyz literatures at the Samarkand State University

ABSTRACT

This article investigates the Uzbek-Kyrgyz literature due to common history of the genesis of the Turkic peoples and cultures. Not only territorial but also narrative, figurative, thematic proximity of literary phenomena, attracts researchers. Since the folk epices "Manas" and "Alpamysh" observed similarity of the issues of Uzbek-Kirgiz literatures that unite the two nations. The use of fiction genres of folklore: tales, parables, legends, mysteries - and their role in the compositional structure of the work has been the object of this article. The history of a cultural, social, historical, and social bonds is reflected in the development of literary connections. Plexus of folklore genres with fiction, their functional role in the composition and structure of the literary works is the subject of the study. The similarity of the Uzbek-Kyrgyz literary traditions and phenomena are the basis of a comparative study of Uzbek-Kyrgyz literatures at the Samarkand State University.

Keywords: Turkish Peoples, Uzbek-Kyrgyz Literature, Manas, Tradition

* Doç. Dr. Samarqand Davlat Universiteti, Ijtimoiy Iqtisodiyot Fakulteti Öğreti Üyesi, kamol_mustaev@yahoo.com

**   Samarqand Davlat Universiteti, Ijtimoiy Iqtisodiyot Fakulteti Öğreti Üyesi

Giriş

O’zbek va qirg’iz xalqi XX asrning ijtimoiy – siyosiy voqealari natijasida alohida millat nomi bilan yuritiladiganiga qadar umumiy nomad turkiylarning qavmi sifatida qaralgan. Shu sababli ham bu halqlar turkiylar davlatining gam – tashvishlari bilan Hamish sherik bolgan. Miloddan avvalgi aslardagi grek – makedon  bosqinchisi Altksandr Makedonskiy, milodimizdagi arab istilochilari ularning taqdirida bir hil darajada asorat qpldirgan. O’zbek va qirg’iz xalqining dini, tili, urf – odatlari yaqinligi ularning taqdiri utmishda bir hil kechganligining yorqin dalilidir. Eng qadimgi davrlardan bizgacha etib kelgan xalq og’zaki ijodi asarlarida mushtarak tomonlar borligi ham bunday qarindoshlik ildizlari yaqinligini qo’rsatadi. Qirg’iz yoki o’zbek xalqining merosiga dostonlar, ertak va rivoyatlarni ijod etgan, aytib yurgan kishilarning taqdiri, boshidan kechgan voqealar, orzu – umidlarida ham umumiy yaqinlik, mushtaraklik mavjuddir.

Qirg’iz xalqi orasida sevimli qahramonga aylangan ko’plab obrazlarni biz o’zbek ertaklarida ham uchratamiz. Masalan, kosa va (bazan  Aldarkosa) va Kal obrazlari bu ikki xalq xajviy ertaklarida bab-baravar hizmat qiladi. Qirg’iz folklorida xalq qahramonlik dostonlari alohida orin egallaydi. Ular orasida “Ko’rmak”, “Erta bildi”, “Ertushtuk”, “Jonil Mirzo” kabi dostonlar mashhurdir. Qirg’iz qahramonlik dostonlari orasida “Manas” uzining qadimiyligini, hajman yirikligi bilan alohida ajralib turadi. Bu doston qirg’iz xaqining juda uzoqasrlik hayotini, chet el bosqinchilariga qarshi kurashgan xalq qahramonlarining obrazani umumlashtiradi. “Manas” salkam 500 ming baytdan tashkil topgan. Asar uch katta qismdan iborat. Birinchi qismda xalq qahramoni Manas, ikkinchi qismda uning o’g’li Semetey va uchinchi qismda Manasning nabirasi Seytekning sarguzashti va qahramonligi tasvirlangan.

Shuni inobatga olish lozimki, “Manas” qadimgi turkiylar hayotiga tegishli ko’plab qoshiqlar, doston va ertaklarni o’z ichiga olgan murakkab syujetli asardir.o’zbek xalq og’zaki ijodida bunday qahramonlik eposi “Alpomish” hisoblanadi. Ikki xalqqa inobat berilgan bu dostonlardagi qahramonlik goyalarini, qahramonlar orzu – umidlari, kurashidagi yaqinliklarni kurib, bu asarlarning ijodkori qirgiz yoki o’zbek xalqi bolibgina qolmay, keng manodagi turkiy xalqlar ekanligiga tula ishonch hosil qilish mumkin. Bunday yaqinlikni qirgiz olimlarining o’zlari ham bir necha marta etirof etishgan.

Taniqli qirgiz folklorshunosi va tilshunos olim, professor Pulat Yunasaliyev shunday yozgan edi “Orta Osiyoda xalqlarning ortoq eposlari bor. Masalan, “Alpomish” ozbek, qozoq, qoraqalpoq, xalqlarida, “Gur Ogli” - ozarbajon, ozbek, tojik, qozoq, turkman xalqlari ichida keng tarqalgan. Bu xalqlqrda bundan boshqa ortoq eposlar, qissalar ham yoq emas. Qirgiz xalqining Orta Osiyo xalqlari bilan ortoq kata eposlari yoq. Bu narsaning asosiy sababi qirgiz xalqining Orta Osiyoga, Olatovga, Oloy, Pamir toglarida keyinroq kelishi bilan boglik. Biroq qirgiz eposlarini tashkil etgan voqealar, undagi qahramonlarning obrazlari, goyalari va yonalishlari bilan yuqoridagi qalqlarning eposlariga kopgina ohshasgliklari bor” (5).

Prof.P.Yunusaliyev bu orinda V.Jirmunskiy va X.Zaripovlarning “Alpomish” degan so’z “All manash” so’zidan kelib chiqqan degan fikrlariga ishora qiladi, “Manas” va ”Manash” nomlarining yaqinligini e’tirof etadi. Darxaqiqat, qirg’iz va o’zbek xalqining bu yirik eposida yaqinliklar xam yo’q emas. Xar ikki asarda xam feodalizmga qadar bo’lgan ko’chmanchi xalqdorning turmushi va dushmanga qarshi keskin qurashi aks etgan. Agar bu ikki epos tipalogik jixatdan urganiladigan bo’lsa, u xolda quydagilarni aniqlash imkoniyati tug’iladi;

a)   “Alpomish” va “manas” dagi xalq va qaxramonlarning dushmani bitta – qalmoqlar;

b)   Ikki eposning goyaviy maqsadi bitta: tarqoq uruglarni, birlashtirib, bosqinchilarni yurtdan quvish, shu asosda xalqning turmushini yaxshilash;

c)   Eposlardagi yaqinlik qahramonlarning taqdirida ham yaqqol kozga tashlanadi. Masalan, Alpomish va Manas ota – onasining yolgiz farzandi. Ular xalq urtasida 6-7 yoshdan boshlab botir sifatida taniladilar;

d)  “Alpomish”dagi Barchin, “Manas” dagi Xonikey aqlli, gozal, jasoratli ayollardan;

e)   Ikki eposdan ham xalqlar dostligi goyasi ifodalangan bolib, bu goyani yuzaga keltirgan obrazlar urtasidagi ham aqinlik bor. Masalan, [itoylik Almambet Manas bilan, qalmoqlik Qorajon Alpomish bilan dostlashib, tugishgan iniday boladi.

f)    Har ikki eposda ham asar qahramonlarining kelishmovchilik manzaralari yaratilgan. Agar “Alpomish” da Boybori va Boysari ortasidagi ihtilof tufayli Bo’ysari qalmoq yurtiga kuchib ketsa, “Manas” da kozkamonlar qarindoshi Manas bilan arazlashib qalmoq eliga kuchib ketadi va dushmanga aylanadi.

 

“Alpomish” va “Manas” ni qiyosiy organish natijasida korinadigan oxshashliklar ozbek hamda qirg’iz xalqlarining kop asrlar davomida qon – qarindoshligi, iqtisodiy va madaniy turmushining yaqinligi natijasidir.

Demak, qirg’iz va o’zbek dostonlaridagi bunday yaqinlik ikki xalqning og’zaki ijodini tipologik jihatdan organish juda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Bunday tipologik taxlil zarurligining yana bir muhim asosi o’zbek va qirg’iz xalqlari ortasidagi qarindoshlikni ko’rsatuvchi ijtimoiy hodisalardir. Agar biz “Manas” dagi tasvirlardagi e’tibor beradigan bo’lsak, pahlavon Manas Andijon, yani o’zbeklar orasida yashab kelgan yortoshlarini q’ora xitoy bosqinchilaridan ozod qiladi. Uning onasi va xotini Xonikey esa mol – dunyo uchun tuzoq qoygan zulmkorlar qo’lidan qochib, Buxoro shahriga kelib boshpana topadi. Ko’rinib turibdiki, qadimiy qirg’iz eposidagi tasvirlarda qirg’izlar uchun aniq hudud belgilanmagan. Qahramon harakat qiladigan maydon barcha turkiylar yashaydigan umumiy yurdir.

Jahondagi turkiy xalqlar ortasidagi mashhur gapshunos Mahmud Qoshgariyning “Devonu lug’ati turk” kitobini o’zbek xalqi muqaddas asar deb biladi. Kitob o’zbek olimlari orasida adabiyoti va tilining nodir manbasi sifatida baholangan. Mahmud Qoshgariy Qirg’izistonning Issiqqo’l atrofidagi Bolosorun – Toqmoq shahrida tug’ilgan. U “Devonu lug’atit turk” asarini yozish uchun Shimoliy Xitoydan tortib, Kaspiy deng’izigacha bo’lgan hududdagi 20 dan ortiq turkiy urug’lar, qabilalar o’rtasida bo’lib, ularning tili va og’zaki ijodini o’rgangan. XI asrda yashab ijod etgan shoir Yusuf Xos Xoji ham aslida Qirgizistonning Bolosorun – Toqmoq shahrida kamol topgandir.

Ozbek va qirg’iz xalqining yaqinligiga oid bunday dalillarni ikki xalq ijodkorlari taqdiri misolida yana ko’plab keltirish mumkin. Masalan, Zahiriddin Muhammad Bobur Ush shahrida bolib, qirg’izlarning tabiati, tog’ va daryolari tasvirini beradi. Yozuvchi P.Qodirov, Bobur obrazini yaratar ekan, bunday tarixiy voqeaning jonj manzarasini yaratgan “Yulduzli tunlar” romanida Ush tasviri bilan bog’liq bob berilgan. Boburiyning bu viloyatga kelishi bahor oylariga tug’ri keladi. Romanda Ush tabiati bilan bogliq shunday tasvir keltirilgan: “Uzhning janubidagi keng tekisliklar, tolqinsimon qir va adirlar turli – tuman dala gullari bilan bezangan. Sap – sariq kokillar, - kuk – qizg’ish nahutaklari, nafarmon erbaholar orasida uzoqdan qip – qizil gilamga o’xshab ko’zga tashlanadigan, qiyg’os ochilgan lolaqizg’aldoqlar edi.

Qirg’iz va o’zbek xalqlari ijodkorlari taqdiridagi bunday yaqinlik ularning adabiyoti, ijtimoy – siyosiy hayotdagi urni ham yaqinligini ko’rsatadi. XIX asrning o’rtalarida chor Rossiyaning O’rta Osiyoning bosib olishi bu hududda yashayotgan barcha xalqlar singari o’zbek va qirg’iz xalqlarining ham boshiga og’ir musibatlar soldi. Chor hukumatining adolatsizligiga qarshi norozilik bildirgan, ularning siyosatiga boysunmagan kishilar Sibirga va boshqa uzoq, chekka olkalarga surgun qilingan. Bu voqea badiy adabiyotda ham o’z ifodasini topa bordi. To’xtagul Sotilganov Sibir qamoqhonalarida etti yil azob chekti. Surgun azoblari shoirning qalamini ijtimoiy adolatsizlikka qarshi o’tkirlashtirdi. Uning surgundan qaytib kelgandan so’ng yaratgan “Besh Qobon” sherida bu ruh yanada kuchayganligi seziladi. Shoir yozadi:

Ahmad, Dikon – aldamchi,

Otaxon, Mingboy – yolg’onchi.

Egamberdi, Baxtiyor – Talovchiga yordamchi.

Qul topladi besh qobon,

Yurt talash – chun bexato.

Qoradagi qoy tugul,

Qumaloq bermas eytti ota.

Etim – eysir, xolsizni

Savalading, besh tong’iz.

Odam o’rnida yoqsilni

Sanamading, besh tong’iz.

Eyb ichishdan boshqani

Tan olmading, besh tong’iz (52,513). To’xtagul Sotilganov she’rlaridagi usha davr amaldorlari fosh etilgan satirik ruhni o’zbek shoiri Zavqiy hajviyoti bilan qiyoslash mumkin. Qirg’iz xalqining boshiga tushgan achchiq qismat, mahalliy boylarning xalqni azobga solishi, bor mulkini talashi Zavqiyning “Axli rasta hajvi”, “Talading baring” she’rlarida umumlashtirilgan. Agar besh amaldorni cho’chqa nomi bilan fosh etish T.Sotilganov she’rida uzining kuchli ifodasini topgan bo’lsa, Zavqiy ana shu tipdagi amaldordan 46 tasini hajv qiladi (5,324-325). Ularning nomini birma – bir keltirib, kulgu uyg’otuvchi nomlar bilan ataydi.O’zbek va qirg’z adabiyotidagi bunday yaqinliklar, albatta, bu turkiy xalqlar taqdirlarining birligi natijasidir. Keyinchalik Oktyabr inqilobi nomini olgan rus tuntarishi ozbek va qirg’iz xalqlarining yagona, umumiy taqdirini ajrata olmadi, aksincha, bu umumiylik yangicha ohanglarda namoyon bo’ldi. XX asrning boshlarigacha qirg’iz yozuvi va yozma adabiyoti bo’lmaganligi adabiyotshunoslikda ko’p martalab etilgan. Albatta, masalaga bunda qarash bir yoqlamalikdan iboratdir. Qirg’iz shoirlari o’zbek adabiyotini yod bilib, aynib yurganlilgi ularning maqsad – intilishlari o’zbek adabiyotiga singishib ketganligidan dalolant  beradi.

Qirg’iz folklori rang – barang janrlarga ega bo’lgan. Chunonchi, joomoq, sanat, seketbey, quygen, aytish, maktoo, kordoo, arnos, koshtoshuu, koshok, joktoo janr va shakllari o’zbek xalqining mif, ertak, tamsil, rivoyat,naqk, latifa kabi epic janrlari muqobili sifatida rivojlangan. Qirg’iz adabiyotida ertak janri joomoq deb nomlanadi. Bu janrda yaratilgan asarlarda qirg’iz xalqining ijtimoiy – iqtisodiy qarashlari, orzu umidlari, erkin va baxtli turmush haqidagi tushunchalari ifodalangan. Qirg’iz ertaklarining o’ziga xos hususiyatini Sh.Xolmatov shunday umumlashtirgan edi: “Qirg’iz ertaklari rang – barang bo’lib, ular hayvonlar haqidagi, sehrli fantastic, maishiy, latifanamo ertaklardan iborat. Bu asarlarda sinkretizm hodisasi kuchli bo’lganligi uchun ham ularni bir – biridan ajratish yoki chegaralash qiyin. Qirg’iz  xalq ertaklari orasida, ayniqsa, hayvonlar eposi juda hilma – hil bolib, ularning ayrimlari tuzilishi va formal – poetic belgilariga ko’ra Sharq xailqlari adabiyotlarida mashhur bo’lgan nasriy masalalarga o’xshaydi. Shunga ko’ra ularni qirg’iz adabiyotidagi masalning boshlangich formasi deb atash mumkin” (91,240).

Qirg’iz xalqi 1924 yilining 7 noyabrida arab olifbosidagi uzining birinchi yozuviga ega bo’ldi. (Bu fikrlardan norozilarning yozuv madaniyati yoq edi degan xulosa kelib chiqmasligi kerak, Chunki inqilobgacha bo’lgan davrlarda qirg’izlarning savodli, marifatparvar zilolilari arab alifbosidan foydalanganlar. – I.Sh.). Shu kuni ularning “Erkin too” (“Ozod tog’lar”) nomi ,bilan birinchi gazetasi elon qilindi. Gazetaning ushbu sonida keyinchalik qirg’iz xalqining katta shoiri bo’lib eytishgan Aali Tukimboyevaning yangi turmush ulug’langan sheri yozilgan edi.

Boy adabiy meros, uzoq tarixiy ananalar hamda adabiy minbar borligi jihatidan o’zbek yozuvchilari o’z qardoshlaridan ancha oldinda edi. O’zbek yozma adabiyoti yangi davrgacha shakllanib yetgan, ularning asarlarini nashr etuvchi ko’plab ro’znoma, oynoma va kitob nashriyonlari mavjud edi. Bundan qattiy nazar, 20 – yillarda o’zbek va qirg’iz yozuvchilari ijodida bitta umumiy hususiyat paydo bo’ldi. Ikki xalq otmishda o’zlarini feodallar qo’lida ezilgan, deb hisoblagan edi. Shu sababli ham yangi turmushning afzallaklari va eskisining yomonligini qiyosan tasvirlash ularning asarlarida yetakchi tamoyilga aylandi. O’zbek poeziyasida ishchi va mehnatkashlarni, xotin – qizlarni yangi jamiyatni tushunish, marifatbarvar bo’lishga chaqirish vazifasini Xamza bajargan bo’lsa, bur uh qirg’iz adabiyotida A.Tuqimboyev va T.Mulda ijodida yaqqol ko’rindi.

Ikkinchi Jahon urushi yillarida o’zbek va qirg’iz yozuvchilari ijodidagi, dunyoqarashidagi yaqinliklar ikki xalq orzu – umidi uxshashligining belgisi sifatida yanada yorqinroq namoyon bo’ldi. O’zbek va qirg’iz xalqi asrlar davomida ko’plab bosqinchilarga qarshi kurashgan, o’z dushmanlarini yengan bahodirlarni qahramonlik eposlarida ulug’lab tasvirlagan. Biz buni “Alpomish” va “Manas” misolida aniqroq his etamiz. Shu sababli ham xalqlarning qahramonlik ruhiyatidan kelib chiqib, bu ikki xalq adabiyotida 1930-1940 yillarda tarixiy qahramonlar obrazini yaratishga e’tibor kuchaydi. Bu davrda Xamid Olimjonning “Mukanna”, Maqsud Shayxzodaning, “Jaloliddin Manguberdi”, Oybekning “Maxmud Tarobiy” singari drammatik asarlari yuzaga keldi. Xamid Olimjon urush keskin ketayotgan bir davrda bu xil asarlar yuzaga kelishiniga ijtimoiy asosini shunday ko’rsatib bergan edi: “Mening xalqim qo’liga qurol ushlashni yaxshi biladi. Ming yillar davomida u o’z dushmanlari bilan uchrashib kelgan xalq arab bosqinchilarini tumtaraqay qilgan, Mukanna, Chingizxonning dahshatga solgan Tarobiyning ruhi hamon tirik. Bugungi o’zbek janglari kurashga kirar ekan, xalq botirlarining nomi bilan qilich chopadilar” (4)

Xalq botirlari nomi bilan dushmanga qarshi qilich qo’tarish ruhi bu davrdagi qirg’iz adabiyoti, hususan dramaturgiyasida mushtarak holatda ko’rindi. T.Sidiqbekovning K.Raxmatullin bilan hamkorlikda yozgan “Manas” va “Almambet”, A.Tuqumboyevning “Mamas”, K.Jontoshevning “Qurmanbek” kabi dramatik asarlari qirg’iz xalqining o’tmish hayoti, qahramonlari obrazini qayta jonlashtirish ramzi bo’lib yuzaga keldi. O’zbek va qirg’iz qahramonlik dramalarining o’ziga xos hususiyati shundaki, bosqinchilar qiyofasida nemis fashizmi, xalq qahramonlari obrazini esa har bir xalq ommasining faol qatnashishi, jang sahnalarining bo’lishi asardagi qahramonlik asoslarini chuqurlashtiradi.

O’zbek va qirg’iz xalqlari adabiyotidagi mavzu, janrlar hamda qahramonlar taqdiridagi yaqinlik adabiyotlarning umumiy o’xshash tomonlari keyingi o’n yillikda ham, ko’rindi. So’nggi yillar adabiyotining o’ziga hos hususiyati faqat uning janri va mavzu rang – barangligida emas, balki janrlarning ichki imkoniyatlari kengayganligi, ichki tasvirlarda uslublarning rang – baranglashuvi, kompozitsion – qurulishda va syujet yonalishlarida yangicha shakillarning paydo bo’la boshlanganligi bilan ham ko’rinadi.

Adabiyotlar

1.    Veselovskiy A. N. Istoricheskaya  poetika. Leningrad. 1940.

2.    Gumilev  L. N. derevmie  turki. M. 1967.

3.    Gevorkyan  A. B. O.nekotorix osobennostyax prozi CH.Aytmatova. Trudi SamGU, vipusik 30,1976 g.

4.    Muxtor A. Asarlar . To’rt jildlik Ikkinchi jild  T. G’. G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1982.

5.    O’zbek adabiyoti tarixi  Besh  toshlik . T. “Fan”.1980.

6.    Muqimov R.SSSR xalqlari adabiyoti. Darslik xrestomatiya. Qayta ishlangan ikkinchi nashr. T. “O’qtuvchi”. 1980.

 

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETIDA O’ZBEK VA QIRG’IZ ADABIYOTLARINING QIYOSIY –TIPOLOGIK O’RGANISH ASOSLARI MAQOLASINING

REZYUMESI

O’zbek va qirg’z xalq og‘zaki ijodi sо‘z san’ati shakllanishi va rivojlanishi uchun bitmas-tuganmas boy xazinadir. Bu asarlarda xalqning axloqiy va ma’naviy dunyosi hamda orzu-intilishlari о‘z aksini topgan bо‘ladi. Xalqning tabiat va hayot hodisalari haqidagi qarashlari, diniy va axloqiy tushunchalari, yaxshilik va yomonlikni his etishi uning badiiy kechinmalariga aylana borgan, natijada, xalq og‘zaki ijodining namunalari yuzaga kela boshlagan. Miflar inson hayotining dastlabki natijasi bо‘lib, inson bilan tabiatning aynan bir xilligi tо‘g‘risidagi tasavurlar mahsulidir. Yozma adabiyot taraqqiy etib borgani sari miflar – rivoyat va afsonalar boshqa adabiy janrlar bilan qorishiq holda rivojlana boshladi. Ya’ni, asrlar о‘tishi bilan hayot haqiqatiga asoslangan adabiyot og‘zaki merosdan tо‘xtovsiz oziq olib borgan, uning shakl va janriy, g‘oyaviy va uslubiy xususiyatlarini egallay boradi. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda о‘zbek, qirg‘iz singari turkiy xalqlar adabiyotini qiyosiy-tipologik о‘rganishining ikki muhim ijtimoiy qimmatini ta’kidlash zarur. Birinchisi, turkiy xalqdarning qadriyatlarini tiklash, ularning tarixdagi birlik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi. Ikkinchidan, bu xalqlarning adabiy, madaniy, ma’naviy aloqalari tarixini aniqlashga, yozuvchilarning xalq og‘zaki ijodidan foydalanishdagi g‘oyaviy-ma’rifiy maqsadi va uslubiy izlanishlarini belgilashga imkon beradi. Shunday tamoyil hozirgi zamon о‘zbek va qirg’iz yozuvchilarining  ijodida alohida fazilat sifatida kо‘zga tashlanadiki, bularni qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil va tadqiq etish, har san’atkor mahoratini kо‘rsatish, umumlashtirish mavzuning dolzarbligini belgilovchi asosiy mezondir.